Sergey Lushchan: “Bunyodkor” futbolchilari ruhiy jihatdan o‘yinga tayyor

CHERY AUTO

 

Tecno

Osiyo Chempionlar Ligasi “S” guruhi 5-turidan o‘rin olgan Toshkentning “Bunyodkor”  va Saudiya Arabistonining “Al-Ahli”klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida “qaldirg‘ochlar” ustozi Sergey Lushchan o‘z fikrlarini bildirdi.

“Bunyodkor” guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotib bo‘ldi. Ertaga munosib o‘yin ko‘rsata olsak, bu bizning yutug‘imiz bo‘ladi. Tarkibda yo‘qotishlar bo‘lsa-da, ruhiy jihatdan o‘yinga tayyormiz. Raqib kuchli bo‘lishiga qaramay, nimaga qodir ekanimizni ko‘rsatami”, – dedi Lushchan.

Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor” – “Al-Ahli” uchrashuvi ertaga, 24 aprel kuni poytaxidagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 19:00 da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!