Server Ibragimov Tokio 2020 Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Ayni kunlarda Janubiy Koreyaning Chonju shahrida paralimpiyaning o‘q otish turi bo‘yicha Jahon Chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada dunyoning 25 mamlakatidan 50 nafardan ortiq sportchi kuch sinashmoqda.
Ushbu musobaqada hamyurtlarimizdan Server Ibragimov ham ishtirok etmoqda. Xususan vakilimiz 10 metrga pistoletdan otish bahslarining final bosqichida 236.8 natija qayd etdi va kumush medal sohibiga aylanib, hamyurtlarimiz orasida birinchilardan bo‘lib 2020 yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, oltin medal 237.2 ko‘rsatkichni qayd etgan xitoylik Yang Chaoga nasib etgan bo‘lsa, bronza medalini uning hamyurti Xuan Xing (215.0) qo‘lga kiritdi.

Fikrlar