Sharmanda! "Manchester Siti" futbolchisidan dahshatli simulyatsiya (video)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mazkur uchrashuvning 23-daqiqasida "shaharliklar" yarim himoyachisi raqib jarima maydoni ichiga kira turib, o‘zini maydonga tashladi. Vengriyalik tajribali hakam Viktor Kashshai esa angliyalik futbolchining simulyatsiyasiga ishonib, ukrainaliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasini esa Gabriel Jezus golga aylantirdi.

Darvoza ortida turuvchi hakam ham bu vaziyatda simulyatsiya qayd etmadi. Takroriy lavhalar esa hech qanday kontakt bo‘lmaganligini va Sterling o‘zi ongli ravishda maydonga yiqilganligini ko‘rsatdi.

Quyidagi lavha orqali bunga o‘zingiz amin bo‘lishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!