
Shaxram G‘iyosov WSB 4-turining eng yaxshi bokschisi!
Xabaringiz bor, 17-18 mart kunlari Butunjahon boks seriyalari VII mavsum guruh bosqichi navbatdagi janglari o‘tkazildi.
Mazkur janglardan so‘ng “A” guruhida “Colombia Heroicos” jamoasi 4-turni ham o‘z foydasiga hal qilib, keyingi bosqich masalasini hal qilgan bo‘lsa, “S” guruhida “Astana Arlans” shunday natija qayd etdi plef-off yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
An’anaga ko‘ra, WSB bo‘lib o‘tgan 4-tur janglaridan so‘ng rasmiy tvitter sahifasida so‘rovnoma o‘tkazib, eng yaxshi bokschi nomini aniqladi.
So‘rovnomadan “Colombia Heroicos” jamoasi a’zosi Palasio Karrillo (81 kg), “Astana Arlans” a’zosi Zafir Safiullin (60 kg) va “Uzbek Tigers” a’zosi Shaxram G‘iyosov (69 kg) o‘rin oldi. So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, hamyurtimiz jami berilgan ovozlarning 87%ini qo‘lga kiritib, g‘olib chiqdi.
Shaxram ushbu jangda "China Dragons" jamoasi a’zosi Lui Veyga umuman imkoniyat qoldirmay, 3:0 hisobida zafar quchgan edi.
Keyingi o‘rinlarda Palasio Karrillo 7%, va Zafir Safiullin 6% ovoz to‘plashga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Uzbek Tigers” jamoasi “S” guruhida 6 ochko bilan “Astana Arlans”dan (12) keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda. O‘zbek jamoasi keyingi jangni 1 aprel kuni Qozog‘iston jamoasiga qarshi Toshkentda o‘tkazadi.
- Bahodir Jalolov - Xaypeng Mu jangidan fotogalereya
- Uzbek Tigers: Bektemir Meliqo‘ziev - Jiabin Xuang o‘rtasidagi jangdan fotogalereya
- Uzbek Tigers: Shahram G‘iyosov - Vey Liu Sen Van jangidan fotogalereya
- Uzbek Tigers: Murodjon Ahmadaliev - Sen Van jangidan fotogalereya
- Uzbek Tigers: Abror Qodirov - Yong Chang o‘rtasidagi jangdan fotogalereya
Time to vote for the #StingSports #BoxeroftheWeek 7
Fikrlar