Shevchenko: Ronaldu "Yuventus"ga EChLda g‘olib chiqishida yordam beradi
“Milan” klubi sobiq futbolchisi va Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko fikricha, portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga Evropa chempionlar ligasida g‘olib chiqishida yordam beradi.
– Albatta, “Yuventus”»Evropa chempionlar ligasida g‘olib chiqishi mumkin. Ayniqsa Krishtianu Ronaldu bilan. Bu futbolchi “Yuventus”ga etishmayotgan edi. Men har doim uning muxlisi bo‘lganman. Ronaldu mehnatservar va iqtidorli futbolchi. So‘zsiz “Yuventus” usiz ham kuchli edi, biroq endi EChL favoriti hisoblanadi, – deya ukrainalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport nashri.
Eslatib o‘tamiz, EChL 1/8 finalida “Yuventus” “Atletiko” bilan kuch sinashadi. Dastlabki o‘yin 20 fevral kuni Madridda o‘tkaziladi.
Fikrlar