
Shkrinyar - "Manchester Yunayted"ning asosiy transfer nishoni
"Inter" klubi himoyachisi Milan Shkrinyar "Manchester Yunayted"ning mavsumlar oralig‘idagi asosiy transfer nishoni hisoblanadi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.
Aytish lozimki “qizil iblislar” ko‘pdan buyon o‘zlarining himoya chiziqlarini kuchaytirishni rejalashtirishmoqda. 24 yoshli slovakiyalik futbolchi esa bu borada nomzodlardan biri hisoblanadi.
MYu shuningdek Kalidu Kulibali ("Napoli") va Yoaxim Andersen ("Sampdoriya") kabi himoyachilarni ham ko‘z ostiga olib qo‘ygan.
Ma’lumot uchun, Shkrinyar joriy mavsum “neradzurrilar” safida jami 32ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar