
Shukurali Po‘latov: Qo‘ldan kelgancha o‘ynadik
Xabaringiz bor kecha Superliganing 12-turidan o‘rin olgan “Nasaf” hamda “Neftchi” (2:0) jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida farg‘onaliklar sardori Shukurali Po‘latov ham ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Nasaf”ga qarshi o‘yin biz uchun qiyin bo‘ldi. Jamoadoshlarim murabbiyimiz ko‘rsatmalari bo‘yicha harakat qilishdi. Qo‘ldan kelgancha o‘ynadik. “Nasaf” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Albatta yo‘l qo‘ygan xatolarimiz ustida ishlaymiz. Keyingi o‘yinlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘ramiz”, - deydi Po‘latov.
Fikrlar