Slovakiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Chexiya terma jamoasi hamda Leverkuzenning “Bayer” klubi sobiq yarim himoyachisi Pavel Gapal Slovakiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Slovakiya futbol ittifoqi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 49 yoshli mutaxassis bilan Evro-2020 saralashi so‘nggiga qadar shartnoma imzolangan. Agar Slovakiya uning boshqaruvida turnirning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritsa, u holda tomonlar o‘rtasidagi kelishuv uzaytirilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Gapal murabbiylik faoliyati davomida Chexiya, Slovakiya hamda Polsha chempionatlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun muqaddam Yan Kozak Slovaki terma jamoasi ustozligidan iste’foga chiqarilgan edi.
Fikrlar