Smolovning avtomobili ko‘cha poygasida halokatga uchragani ma’lum bo‘ldi (video)
Xabaringiz bor kecha Rossiya terma jamoasi hamda "Krasnodar" klubi forvardi Fyodor Smolov yo‘l transport hodisasiga uchragani haqida xabar bergan edik.
So‘nggi xabarlarga qaraganda futbolchi bahosi 150 ming AQSh dollari hisoblanadigan BMW M5 First Edition avtomobilida ko‘cha poygasida ishtirok etgan va halokatga uchragan. Ushbu holatni videotasvirga olgan kuzatuv kamerasi ham bunga yaqqol guvoh bo‘lishi mumkin.
Quyida ushbu holat aks etgan videoni tomosha qilishingiz mumkin:
Avariya paytida mashinada odatdagidek uning sevgilisi bo‘lgan. Biroq, mashinani Smolovning o‘zi boshqargan.
Fikrlar