Sobiq futbolchi bokschilik faoliyatini yakunglaganini e’lon qildi

  • 17.12.2020 11:36
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Anliyalik sobiq futbolchi, hozirda professional boksda faoliyat olib borayotgan Leon Makkenzi bokschilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

39 yoshli charm qo‘lqop ustasi shanba kuni bo‘lib o‘tgan jangidan so‘ng shunday qarorga keldi. U super o‘rta vazn toifasida Buyuk Britaniya chempionligi uchun Marchello Rendga qarshi bahsda kechgan mag‘lubiyatga uchradi.

"Mening aqlim va yuragim boks tushishni istamoqda. Biroq tanam bunga "rozi bo‘lmayapti". Shanba kuni men ringda barcha kuchimni ishlatdim. So‘nggi janglarimda esa men 40 yoshga kirayotganligimni sezdim", - deb aytib o‘tdi Makkenzi.

Ma’lumot uchun Leon shanba kungi jangning 9-raundida texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘ldi. 18 yillik futbolchilik faoliyati davomida "Kristal Pelas" va "Norvich" singari jamoalarda to‘p surgan Makkenzi 2013 yilning yanvarida futbolchilik faoliyatini yakunlagan va shu yilning iyun oyida esa o‘zining ilk jangini o‘tkazgan edi.

O‘zi umuman, Makkenzi shu vaqtga qadar 9 ta jangda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!