Sobiq jahon chempioni WBO kamari uchun ringga chiqadi

  • 29.05.2017 15:37
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi


To‘rt vazn toifasining sobiq jahon chempioni Migel Kotto 3 iyul kuni ringga qaytish uchun mashg‘ulotlarni boshlaydi. Bu haqda puerto-rikalik bokschining vakillaridan biri Brayan Peres ma’lum qilgan.

Reja bo‘yicha Migel mashg‘ulotlarga 3 iyuldan kirishadi va 8 hafta davomida mashg‘ulotlar lagerida shug‘ullanadi, – deydi Peres.

27 avgust kuni Los-Anjelesda Kotto yaponiyalik Yosixiro Kamegaiga qarshi ringga chiqishi rejalashtirilgan. Bu bokschilar o‘rta vazn toifasida WBO bo‘sh turgan chempionlik kamari uchun ringga chiqishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!