
Stol tennischilarimiz JChda ishtirok etishmoqda
Ayni kunlarda Shvetsiyaning Xalmshtad shahrida stol tennisi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etishyapti.
Ushbu sport turining qoidalariga ko‘ra, terma jamoalar o‘z divizionlarida o‘rinlar uchun bahs olib borishadi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 2-dviziondan joy olgan bo‘lib, bu toifada Frantsiya, Meksika, Xorvatiya, Kolumbiya, Gretsiya, Belgiya, Argentina, Turkiya, Ispaniya, Eron kabi nomdor terma jamoalar o‘rin olishgan. Vakilalarimiz birinchi bellashuvni Kolumbiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazib, bahsni 3:1 hosibda o‘z foydalariga hal qilishdi. Shundan so‘ng frantsuzlarga imkoniyat boy berilgan bo‘lsa, uchinchi qarama-qarshilikda Meksikaliklarga hech qanday imkoniyat qoldirilmadi. Bugun bo‘lib o‘tgan uchrashuvda xorvatiyalik qizlarning qo‘li baland keldi.
Yigitlarimiz esa uchinchi diviziondan joy olishgan bo‘lib, guruh bosqichida meksikalikga 2:3 hisobida imkoniyat boy berilganini inobatga olmasa, boshqa barcha bellashuvlarni g‘alaba bilan yakunlashdi. Vakillarimiz endi kuchli 50 talikka kirish uchun bahs olib borishadi. Bu yo‘ldagi ilk raqib Malayziya terma jamoasi bo‘ladi.
Fikrlar