Suares yana APLga qaytishi mumkin
"Manchester Yunayted" klubi "Barselona" forvardi Luis Suaresga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Ispan nashrlarining yozishicha “qizil iblislar” allaqachon 32 yoshli urugvaylik futbolchining transferi borasida Kataloniya super klubi bilan aloqaga chiqishgan.
Eslatib o‘tamiz, Suares uchun Angliya premer-ligasi begona emas. Boisi, u “Barselona”ga ko‘chib o‘tgunicha “Liverpul” safida to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, Suares joriy mavsum “Barselona” safida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning transferi esa 60 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar