Sulsher MYuning 2 nafar etakchisi bilan shartnoma uzaytirilishini xohlamoqda

  • 30.12.2018 13:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher jamoaning 2 nafar asosiy futbolchisi bilan shartnomalar uzaytirilishini xohlamoqda.

FourFourTwo tarqatgan xabarga ko‘ra gap darvozabon David De Xea hamda hujumchi Antoni Marsyallar haqida ketmoqda. Qayd etish lozimki, har ikkala futbolchining ham MYu bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida nihoyasiga etadi.

Ma’lumot uchun, ispaniyalik darvozabon joriy mavsum 24ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 5tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Frantsiyalik futbolchi esa 20ta o‘yinda ishtirok etib, 9ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
30/12/2018 15:28
Марсьяльни билмадим, лекин де Хеани одиб колиш керак
Ronaldo Junior
30/12/2018 14:41
Ikkalasi ham kerakli futbolchilar