Tamom! Villian "Manchester Yunayted"ga o‘tadi

  • 28 iyul, 2018, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi "Chelsi" bilan braziliyalik yarim himoyachi Villianning transferi borasida nihoyat kelishuvga erishdi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra mankuanliklar 29 yoshli futbolchi uchun “aristokratlar” hisob raqamiga naqd 75 mln evro o‘tkazib berishadi. Ta’kidlash kerakki, Villianning xizmatlariga shaxsan MYu bosh murabbiyi Joze Mourino qiziqish bildirmoqda. Aytish lozimki, portugaliyalik mutaxassis “Chelsi”da faoliyat olib borgan paytlarida Villian uning qo‘l ostida to‘p surgan va shu bois u futbolchining imkoniyatlarini yaxshi biladi.

Ma’lumot uchun, Villian o‘tgan mavsum “Chelsi” safida jami 55ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 12ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!