Tartib-intizom Qo‘mitasi qarorlari

Pro liga

“Istiqlol” – “Andijon” uchrashuvining 89 daqiqasida raqib sha’niga nomaqul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Andijon” jamoasi futbolchisi I. Otaxonov 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 1 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Yoshlar ligasi

“Paxtakor” – “Lokomotiv” uchrashuvining 75 daqiqasida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Paxtakor” klubi futbolchisi Sh. Azmiddinov 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 500 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

“Nasaf” – “Bunyodkor” uchrashuvining 81 daqiqasida bosh hakamning birinchi yordamchisi sha’niga nomaqul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi A. Mo‘ydinov 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 500 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. 

“So‘g‘diyona” – AGMK uchrashuvining 55 daqiqasida o‘yin qoidasini juda qo‘pol tarzda buzgani uchun maydondan chetlatilgan AGMK klubi futbolchisi A. Jumaboev 4 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi. 

Ayollar chempionati

“Buxoro-W” – “Qizilqum Guli” uchrashuvining 90+4 daqiqasida hakam sha’niga nomaqul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Buxoro-W” futbolchisi G. Najimova 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi. 

“Sho‘rtan” – “So‘g‘diyona-W” uchrashuvining 89 daqiqasida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Sho‘rtan” klubi futbolchisi X.  Gancheva 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 500 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. 

AGMK – “Andijanka” uchrashuvining 55 daqiqasida o‘yin qoidasini qo‘pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan AGMK klubi futbolchisi O. Daulboeva 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 500 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. 

“Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvining 66 daqiqasida raqibasi sha’niga nomaqul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Bunyodkor” futbolchisi O‘. Qo‘chqorova 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 500 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!