Tayson Fyuri: Uaylderga revansh kerak, menga emas

  • 24.01.2019 14:50
  • 0
  • Boks

Super og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri BT Sport nashriga bergan intervyusida ushbu vaznda WBC chempioni Deontey Uaylder bilan ikkinchi marta urishishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi. Uning uchun jang qaerda o‘tkazilishi muhim emas, biroq uning jamoasi zaxira variantni ham tayyorlamoqda.

Umid qilamanki, Deontey Uaylder bilan ikkinchi jangni AQSh yoki Angliyada o‘tkazaman, – deydi Fyuri. – Menga jang qaerda bo‘lishi ahamiyatsiz. U Avstraliya yoki Antarktidaga borishi mumkin. Men uchun bu muammo emas. Qaerda bo‘lsa, o‘sha erda hozir bo‘laman.

Eslatib o‘tamiz, Uaylder va Fyuri o‘rtasidagi birinchi to‘qnashuv o‘tgan yili 1 dekabr kuni durang bilan yakunlangan edi. Jangda britaniyalik bokschi ikki marta nokdaun holatiga tushib qolgan. Shunga qaramasdan ko‘pchilik kuzatuvchilar Fyurining g‘alaba qozonganligini e’tirof etishgan.

Uaylder bilan ikkinchi jang bo‘lishi barchasi ularga bog‘liq, – qo‘shimcha qildi Fyuri. – Agar ular xohlashsa bo‘ldi, menga baribir. Bu revansh ularga kerak, menga emas. Men nimanidir isbotlashim shartmas. Ikkinchi imkoniyatni istamayman. Men chempionman. Menga qandaydir tashkilotning chempionlik kamari kerak emas.

Fyuri shuningdek, keyingi raqibi Uaylder bo‘lmasa, o‘z uyida muxlislari uchun jang o‘tkazishni istashini aytib o‘tdi.

Menga aprelda o‘z vatanimda jang o‘tkazishni istardim, Manchester yoki Buyuk Britaniyaning qaeridadir, – deydi Fyuri. – Keyin Uaylder bilan uchrashgan bo‘lardim. Agar yo‘q bo‘lsa, Uaylder bilan shunchaki uchrashaman. Agar Uaylder bilan jang bo‘lmasa, men shunchaki uyda jang o‘tkazaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!