Ter Shtegen "Barselona"dagi 150-o‘yinini o‘tkazdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen kecha La Liganing 7-turida “Atletik” Bilbaoga (1:1) qarshi o‘yinda ishtirok etdi.
E’tiborlisi, ushbu uchrashuv 26 yoshli germaniyalik posbon uchun “ko‘k-anor ranglilar” safidagi yubiley 150-o‘yin bo‘ldi.
Ma’umot uchun, ter Shtegen “Barselona” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 150ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z darvozasidan 138ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar