
Terri Anri "Bordo"da ishlamasligi mumkin
Belgiya terma jamoasi murabbiyi Terri Anri avval xabar berilganidek "Bordo"ni boshqarmasligi mumkin. Bu haqda Goal internet nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra tez orada “Bordo”ni sotib oladigan AQShlik investorlar 41 yoshli frantsiyalik futbolchining jamoa oldiga qo‘ygan talablarini to‘liq bajara olishmaydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Bordo” yozda “Chelsi”dan iste’foga chiqarilgan Antonio Konte bilan muzokaralar boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar