Tezkor xabar. O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Malayziyada davom ettirishi mumkin
Bizga yaxshi tanish bo‘lgan Malayziyaning "T-Tim" (Terengganu II) klubida faoliyat olib borayotgan mutaxassis Rahmad Darmavan “The Star” internet nashriga bergan intervyusida ushbu jamoa o‘z tarkibiga o‘zbekistonlik futbolchini qo‘shib olishni rejalashtirayotgani haqida xabar berib o‘tdi.
- 12 dekabrga qadar Indoneziyada mavsum oldi tayyorgarligini olib boramiz. Tarkibimizda hozircha to‘rt nafar legioner bor. Shuningdek Kamerun hamda O‘zbekistondan bir nafardan tajribali futbolchini transfer qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda, - deydi murabbiy Rahmad Darmavan.
SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum qilishlaricha, "T-Tim" klubi tarkibiga jalb qilinadigan xorijlik futbolchilardan biri yarim himoyachi, ikkinchisi esa hujum chizig‘i vakilidir.
Yakunlangan mavsumni Malayziya Super Ligasining ettinchi pog‘onasida, mamlakat kubogining yarim finalida tamomlagan mazkur jamoa o‘zbekistonlik qaysi futbolchining xizmatlaridan foydalanmoqchi ekani sir tutilmoqda.
Ushbu xabardan qisman yoki to‘liq foydalanganda SPORTS.uz axborot portalining nomi aniq ko‘rsatilishi shart.

Fikrlar