Tomash Berdix va Frensis Tiafo o‘yiniga yomg‘ir qarshilik qilmoqda
"Miami open - 2018" turnirining erkaklar o‘rtasidagi bahslar keskin va murosasiz o‘tmoqda.
Uchinchi davrada o‘ynayotgan chexiyalik Tomash Berdix va amerikalik Frensis Tiafo uchrashuvi jala quyishi natijasida to‘xtatildi.
Ushbu uchrashuvning birinchi setida Tomash tay-brekda zafar quchgan bo‘lsa, ikkinchi setda 6:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchinchi setda Tiafo 5:4 hisobida oldinda borayotgan bir vaqtda o‘yin to‘xtatildi.

Fikrlar