
Toni Kroosning qaysi vaqtda uxlashi ma’lum bo‘ldi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos nima uchun kecha “Xetafe”ga (2:0) qarshi bahsning birinchi bo‘limida u qadar kuchli o‘yin ko‘rsata olmaganini quyidagicha izohladi.
“Men xursandman. Shunchaki odatda men bu vaqtda men uxlayotgan bo‘laman”, - deb yozadi germaniyalik futbolchi o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, “Real” – “Xetafe” uchrashuvi kecha mahalliy vaqt bilan 22:15da boshlangan edi.
Fikrlar