Toshkent derbisida muxlislar ikkita uyali telefon yutib olishlari mumkin

  • 16 oktabr, 2018, 12:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ushbu jamoalar to‘qnashuvlari joriy mavsum chempion nomini aniqlab berishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, chempionat oxirlab borayotgani sababli har bir ochkoning qadri juda baland turadi. Shu sababli bu safargi derbining yanada keskin, shiddatli va qiziqarli kechishiga shubha yo‘q.

Tecno

Bellashuv "Paxtakor" stadionida 20 oktyabr, shanba kuni soat 18:00da boshlanadi.

O‘yinga tashrif buyuruvchi ishqibozlar uchun "Paxtakor" futbol klubi ajoyib sovg‘alar tayyorlagan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvdan avval stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlar e’tiboriga estrada yulduzlari ishtirokida kontsert dasturi taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Tanaffus paytida omadli ishqibozlar 2 dona uyali telefon yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!