
"Tottenxem" Eriksenga A Seriyadan o‘rinbosar topdi
Londonning "Tottenxem" klubi jamoadan ketishi aytilayotgan daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksenga Italiyadan munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi.
Agar "Real" va "Chelsi" kabi grandlar kurash olib borayotgan Eriksen jamoadan ketsa, "shporlar" uning o‘rniga "Napoli" xavbeki Petr Zelinskini olib kelishadi. Biroq, neapolliklar ham 24 yoshli polshalik futbolchini qo‘yib yuborishmoqchi emas, aksincha u bilan kelishuvni uzaytirishmoqchi. Uning amaldagi shartnomasiga ko‘ra tovon puli 120 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Zelinski “Napoli” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 119ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 16ta gol va 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar