"Tottenxem" etakchilaridan biri "Chelsi"ga qarshi London derbisini o‘tkazib yuboradi

  • 07.01.2019 20:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning “Tottenxem” klubi forvardi Lukas Moura sog‘ligi bilan yuzaga kelgan muammo sabab Angliya liga kubogi doirasida “Chelsi”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Braziliyalik futbolchi Angliya kubogining 3-raundi doirasida “Tranmer”ga (7:0) qarshi bahsda tizzasidan jarohat olgan. Shu bois u APL 22-turining “Manchester Yunayted”ga qarshi muhim bahsida ham ishtirok etolmasligi mumkin.

“Shporlar” etakchi futbolchisi Erik Lamela safga qaytganini ham aytib o‘tish lozim.

Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” – “Chelsi” uchrashuvi ertaga, 8 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!