"Tottenxem"ning ikki etakchisi safga qaytdi

  • 20.09.2018 19:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Tottenxem”ning ikki nafar etakchi futbolchisi - Dele Alli va Mussa Sissokolar jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lishdi va mashg‘ulotlarga kirishishdi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra har ikkala futbolchi ham bugundan jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotiga qo‘shilishgan.

Ammo, darvozabon Ugo Loris hamon jarohatidan davolanmoqda. Frantsiyalik posbon yaqinlashib kelayotgan APLning 6-turida “shporlar”ga yordam bera olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” premer-liganing navbatdagi turini 22 sentyabr kuni “Brayton”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!