TsSKA - "Real" 1:0 (video)

  • 03.10.2018 07:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha EChL 2-turi "G" guruhidan o‘rin olgan ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Madridning "Real" klubi Moskvada TsSKA mehmoni bo‘ldi. "Lujniki" stadionida kechgan bellashuvda "armiyachilar"  2-daqiqada Nikola Vlashich tomonidan kiritilgan gol evaziga minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi.

Guruhning ikkinchi bahsi esa Rimda kechdi. Unda mahalliy "Roma" jamoasi Chexiyaning "Viktoriya Plzen" klubini qabul qildi. "Olimpiko"da kechgan uchrashuv "bo‘rilar"ning 5:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi. Gollarga Edin Jeko (3 ta), Jengiz Under va Jastin Klyuyvertlar mualliflik qilishdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan golni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!