TsSKA ustozi "Roma" va "Real"ga qarshi o‘yinlarda g‘alaba qozonishga ishonmoqda
Moskvaning TsSKA klubi bosh murabbiyi Aleksandr Ermakovich Chempionlar ligasining joriy mavsum guruh bosqichida “Real” va “Roma” singari kuchli jamoalar joy olgan bo‘lsada, ushbu jamoalarni ham mag‘lub etish mumkin deb hisoblaydi.
“Mavsumlar oralig‘ida “Roma” va “Real” klublari o‘yin uslubi va tarkibida katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Ular ham hozir xuddi biz singari. Ular bilan ayni damdagi vaziyatimiz juda o‘xshash. Ushbu jamoalar bilan bemaolo o‘ynashimiz va natijaga erishishimiz mumkin. Bunga to‘liq ishonaman”, - deydi Ermakovich.

Fikrlar