UFC chempionlik kamarining dizaynini o‘zgartirdi (Foto)
UFC chempionlik kamarining dizayniga yangilik kiritdi va rebrending amalga oshirdi. Yangi talqin bo‘yicha kamarning nomi "Meros kamari" deya ataladi.
Joriy yilning 20 yanvar kuni Bruklinda UFC Fight Night 143 turniri tashkillashtiriladi va musobaqaning asosiy jangida Genri Sexudo Ti Jey Dillashou bilan kuch sinashadi. Ushbu bahsda g‘alaba qozongan sportchi yangi dizayndagi kamarning birinchi sohibi bo‘ladi.


Fikrlar