Uaylder Tayson Fyuri bilan revansh jangga tayyor
Og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder britaniyalik sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri bilan revansh jangga tayyor.
Bu bokschilarning Los-Anjelesda o‘tgan to‘qnashuvi durang bilan yakuniga etdi va chempionlik kamar Uaylderda qoldi.
– Men Fyuri bilan yana uchrashishga shoshmayapman, – deya Uaylderning so‘zlarini keltiradi AFP nashri. – Men u bilan yana urushaman. Bu mening maqsadim. Hattoki, Joshua bilan jang haqida o‘ylamayapman. Fyuri bilan jang qilmasdan boshqa jangda ishtirok etishni istamayman.
Fikrlar