Uimbldon. Denis Istomin kurashdan chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, bugun “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirida birinchi davra o‘yinlari boshlandi. Sovrin jamg‘armasi 31 600 000 funtni tashkil etuvchi turnirning erkaklar o‘rtasidagi bahslarida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning birinchi raketkasi – Denis Istomin ilk  davrada aqshlik Donald Yang bilan kuch sinashdi.

Bugun Istomin Uimbldondagi yurishini boshlaydi 

Ilk setda 7:5 hisobida g‘alaba qozongan hamyurtimiz ketma-ket ikki setda imkoniyatni boy berdi. To‘rtinchi setda 6 ta geymdan so‘ng  Istomin o‘yinni  davom  ettira olmasligini ma’lum qildi. Bu vaqtda 4:2 hisobida britan tennischisi oldinda borayotgan edi.

Uimbldon. Birinchi davra

Donald Yang (AQSh) – Denis Istomin (O‘zbekiston) 5:7, 6:4, 6:4, 4:2 Rt.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!