Ukraina - Slovakiya 1:0 (video)

  • 9 sentabr, 2018, 20:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ukraina terma jamoasi Millatlar ligasi 2-turida Slovakiyaga qarshi bahs olib bordi. 

Lvov shahridagi "Arena Lvov" stadionida kechgan bellashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.

79-daqiqada uchrashuv bosh hakami Anastasios Sidiropulos Mil Shkrinyarning o‘z jarima maydoni ichida qo‘pol o‘ynagani sabab, Slovakiya terma jamoasi darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasini esa Andrey Yarmolenko aniq amalga oshirdi. Ukraina o‘z ochkolari sonini 6 taga etkazib oldi va turnir jadvalida etakchiga aylandi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan golni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!