Ukraina chempionatida ham VAR tizimi ishga tushirilishi mumkin
Ukraina chempionatida ham videotakrorlar tizimi (VAR) yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
“Shubhasiz, bu tizim ukrainalik hakamlar uchun juda zarur yordamchi bo‘ladi. Lekin bu juda qimmat va hozir bizda mavjud emas. Mamlakat futbol federatsiyasi buni hal qilishi kerak. Muxlislar nazarida hakamning takroriy lavxani ko‘rishi o‘yin shiddatini tushirib yuborishi mumkindir, lekin adolat nuqtai nazaridan bu kerak. Umid qilamizki VAR mavsum yakuniga qadar Ukrainada joriy etiladi”, - deydi Ukraina premer-ligasi prezidenti Tomas Grimm.
Fikrlar