
Unai Emeri: O‘ylaymanki Remzi mavsum yakunigacha "Arsenal"da qoladi
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri Aaron Remzining jamoadan ketishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.
“U hozir biz bilan birga. Aaron kamida mavsum yakuniga qadar safimizda qoladi deb o‘ylayman. Remzi “Liverpul”ga qarshi bahsda o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. U jamoamizga ishonch bag‘ishlamoqda”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli uelslik futbolchining “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Unga “Yuventus” va PSJ klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.
Fikrlar