
Under uchun Londonning yana bir grandi kurash boshladi
Londonning "Chelsi" klubi "Roma" vingeri Jengiz Underning transferi borasida ajoyib tayyorlamoqda.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 21 yoshli turkiyalik futbolchi evaziga “bo‘rilarga” o‘zining daniyalik himoyachisi Andreas Kristensen va unga qo‘shimcha yana 35 million evro berishmoqchi. Biroq, bu taklif “Roma”ni qiziqtirishi mumkinligi ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Londonning boshqa bir klubi – “Arsenal” qishda Under uchun “Roma”ga 70 mln evro taklif qilmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Under “Roma” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 46ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar