Urugvay futbol assotsiatsiyasi O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishini tasdiqladi
O‘zbekiston Milliy terma jamoasi joriy yilning 7 iyun kuni safarda Urugvayga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida xabar berilgandi. Bu xabarni Urugvay futbol Assotsiatsiyasi ham o‘z saytida tasdiqladi.
“Urugvay milliy terma jamoasi Rossiyada o‘tadigan Jahon chempionati oldidan so‘nggi tayyorgarlikni O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan o‘tkazadi. Uchrashuv 7 iyun payshanba kuni soat 20:00da (mahalliy vaqt) “Centenario” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi”, - deyiladi xabarda.
Shu paytga qadar Urugvay va O‘zbekistonning milliy terma jamoalari o‘zaro o‘yin o‘tkazishmagan. Bu uchrashuv ikki milliy terma jamoa tarixidagi birinchi o‘yin bo‘ladi.

Fikrlar