"Uzbek Tigers": Xitoy ajdarlariga qarshi ringga kim chiqadi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalarining VII mavsumida “S” ishtirok etayotgan jamoalar 18 mart kuni to‘rtinchi tur uchrashuvlarini o‘tkazadi. Nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan "Uzbek Tigers" bokschilari shu kuni Toshkentda Xitoyning "China Dragons" jamoasini qabul qiladi.

 

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatidan SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum qilishlaricha, "Uzbek Tigers" jamoasi bo‘lajak uchrashuvga o‘ta kuchli tarkibni tanladi.

"Uzbek Tigers" jamoasi sharafini quyidagi bokschilar himoya qiladi:

52 kg: Abrorjon Qodirov - O‘zbekiston chempionatlari sovrindori

60 kg: Murodjon Ahmadaliev - Olimpiya o‘yinlari sovrindori

69 kg: Shahram G‘iyosov - Olimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi

81 kg: Bektemir Meliqo‘ziev - Olimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi

+91 kg: Bahodir Jalolov - jahon chempionati sovrindori

"Uzbek Tigers" jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev jamoaning zaxirasiga Hasanboy Latiboxunov, Ulug‘bek Dusmurodov, Fazliddin Meliboev, Madiyor Saidrahimov va Mirzobek Hasanovni kiritgan.

Murabbiylar shtabi To‘lqin Qilichev, Rahmatjon Ro‘zioxunov va Ravshan Xo‘jaevdan tarkib topgan.

Avvalroq, "Uzbek Tigers" jamoasining raqibi "China Dragons" tarkibi ham e’lon qilingan edi.

"Uzbek Tigers" - "China Dragons" uchrashuvi shu yilning 18 mart kuni “O‘zbekiston” sport majmuasida 18:30da boshlanadi.

SPORTS.uz axborot portali "Uzbek Tigers" - "China Dragons" uchrashuvini matnli onlayn translyatsiya qiladi.

 

 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!