
Velosport: Murodjon Xolmurodov yakkalik bahslarida kumush medal sohibiga aylandi
Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kungi bahslari ayni qizg‘in pallaga kirib bormoqda.
Kun dasutridan o‘rin olgan velosport bo‘yicha jrkaklar o‘rtasidagi 40 km masofaga individual bahslar o‘z yakuniga etdi. Ushbu bellashuvda hamyurtimiz Murodjon Xolmurodov ham ishtirok etdi.
Hamyurtimiz 57:10.52 vaqt bilan umumiy hisobda ikkinchi o‘rinni band etdi. Hususan, ushbu masofadagi eng yaxshi natija 55:37.13 vaqtlik natija qayd etgan qozog‘istonlik Aleksey Lutsenkoga nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Yaponiya vakili Fumiyuki Beppu yakunlab berdi.
Qayd etish lozim, Xolmurodov 150 kmlik shosse poygalarida marrani 15-o‘rinda kesib o‘tgandi. O‘shanda, Lutsenko oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Fumiyuki kumush medalga loyiq deb topilgandi.
Fikrlar