Velosportchimiz Dubaydagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jo‘nab ketdi

  • 30 yanvar, 2019, 18:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Velosport
CHERY AUTO

Bugun velosiped sporti bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Alla Bezuglova «Al Asayl» ayollar veloklubi taklifiga binoan Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahriga yo‘l oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Qayd etish lozimki, ayni paytda mazkur klubda yana bir sportchimiz Diana Adelshinova o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etmoqda.

Ushbu yig‘inlarda qatnashishdan asosiy maqsad sportchilarni 22-28 aprel kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan shosse bo‘yicha Osiyo chempionatiga tayyorlash hamda ularning o‘quv-uslubiy, mashq jarayonlari samarasini oshirish, velosport sohasidagi dunyo andozalari va amaliyotlaridan foydalanish, ularning professional mahoratini oshirishdan iboratdir.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi BAAning «Al Asayl» ayollar veloklubi bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunga qadar velosiped sporti bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasining bir qator a’zolari mazkur veloklubida malaka oshirib keldilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!