Vermalen joriy mavsum ilk marta "Barselona" qaydnomasiga kiritildi

  • 19 sentabr, 2017, 09:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi bugun La Liganing 5-turida bo‘lib o‘tadigan “Eybar”ga qarshi bahsda ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

E’tiborlisi, bugungi o‘yin qaydnomasiga mavsumda ilk bor Tomas Vermalen ham kiritildi. Shuningdek, Aleish Vidal va Lyuk Din ham jarohatidan so‘ng yana maydonga tushishlari mumkin.

Murabbiylarning qarori bilan ushbu bahs qaydnomasiga Samyuel Umtiti, Pako Alkaser, Andre Gomesh va Arda Turan kabi futbolchilar kiritilishmadi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” hamda “Eybar” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!