
“Vest Xem” Chicharitoni “Valensiya”ga qo‘yib yuborishni istamayapti
Ispaniyaning “Valensiya” jamoasi “Vest Xem” klubi hujumchisi Chicharitoga qiziqayotgani va uni ijaraga olish istagi bor ekani haqida xabar berilgandi.
Sky Sports nashrining ma’lum qilishicha, meksikalik futbolchi Ispaniyaga qaytishga qarshi emas hamda “Valensiya” bilan shaxsiy kelishuvga erishgan. Biroq “Vest Xem” Chicharitoni qo‘yib yuborishni istamayapti. Sababi, Marko Arnautovich ham klubdan ketishi mumkin.
Avvalroq Xitoy klublaridan biri Arnautovich transferi uchun “bolg‘achilar”ga 39 million evro taklif qilgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Chicharito 2017 yili “Bayer”dan “Vest Xem”ga ko‘chib o‘tgandi. Uning transfer narxi 17,8 million evroga teng bo‘lgana edi. Joriy mavsumda hujumchi APLning 14 o‘yinida 4 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar