"Vest Xem" Messi va Modrichni olishni istaydi
"Vest Xem" bosh murabbiyi Slaven Bilich o‘z jamoasi tarkibida "Barselona" to‘purari Lionel Messi va "Real" yarim himoyachisi Luka Modrichni ko‘rishni orzu qilayotganini ma’lum qildi.
- "Vest Xem" safida Lionel Messini ko‘rishni istayman, - dedi Slaven Bilich. - Biroq, Messidan oldin jamoaga boshqa futbolchini taklif qilgan bo‘lardim. Bu hamyurtim Luka Modrichdir.

Joriy mavsumda Messi La ligada 19 ta uchrashuvda 17 ta gol urdi va beshta golli pas uzatdi. Luka Modrich esa 12 ta o‘yinda bir marta golga mualliflik qildi va ikkita samarali pasni amalga oshirdi.

Fikrlar