Viktor Kumikov: Qosimov to‘g‘ri aytgan ekan

  • 27 may, 2018, 08:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Pepsi Superliganing 13-turidan o‘rin olgan “Navbahor” hamda AGMK jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida AGMK bosh murabbiyi Viktor Kumikov ham ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tid.

“Mirjalol Qosimov Namanganda hatto Braziliya terma jamoasiga ham oson bo‘lmaydi deb aytgandi. U to‘g‘ri aytgan ekan. Bu “Navbahor” jamoasini yaxshiligi bilan emas balki boshqa sabab bilan bog‘liq. Natijadan qanday qilib qoniqish hosil qilishim mumkin. Futbol kontakt sport turi sanaladi. Mavsum boshida ana shunday tarzda to‘p surishga ruxsat berilishini aytishgandi. Bugun esa bir tomonga bunga ruxsat berildi, ikkinchi tomonga esa yo‘q. Hakam ko‘p xushtak chaldi. Bir so‘z bilan aytganda boshqacha qoida asosida o‘yin bo‘ldi. Jamoa qanday tarzda to‘p surishidan qat’iy nazar haqqoniy tarzda g‘alaba qozonishi lozim. Bugungi uchrashuv men uchun so‘nggisi bo‘ladimi yoki boshqami buni farqi yo‘q. Chindanam shunday bo‘lsa ketaman. Buni hech qanday qo‘rqinchli joyi yo‘q”, - deydi Kumikov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!