
Villian: "Chelsi" Sarri qo‘l ostida haqiqiy futbol o‘ynayapti
Londonning “Chelsi” klubi vingeri Villian jamoaning yangi ustozi Mauritsio Sarri haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Sarri nafaqat men uchun, balki butun jamoa uchun ham juda muhim. Biz mana endi futbol o‘ynayapmiz.
U maydonda quvnoq bo‘lishimizni xohlaydi. Biz haqiqiy futbol o‘ynayapmiz va har bir futbolchi bundan mamnun”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, “Chelsi” APLning o‘tgan 9ta tur natijalariga ko‘ra 21 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar