"Vilyarreal" - "Valyadolid" 1:0 (video)
Kecha Ispaniya La Ligasi 7-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal" hamda ""Valyadolid" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Vilyarreal shahridagi «Keramika — El-Madrigal» stadionida kechgan bellashuvda mehmonlar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi. Uchrashuvdagi yagona gol 53-daqiqada Leonardo Suares tomonidan kiritildi.
"Valyadolid" bugungi g‘alabadan so‘ng o‘z hisobidagi ochkolari sonini 9 taga etkazib oldi va turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Vilyarreal" esa 8 ochko bilan 11-pog‘onada ketmoqda.
Quyida uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan golni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar