Vinisius Junior "Real" tarixiga kirdi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior “qirollik klubi” tarixiga kirdi.
Tribalfootball nashri tarqatgan xabarga qaraganda 18 yoshli braziliyalik futbolchi XXI asrda tug‘ilgan va “Real” safida rasmiy uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan ilk futbolchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, "Real" Vinisusni o‘tgan yoz 45 million evro evaziga "Flamengo"dan sotib olgan edi.

Fikrlar