WSB: Hasanboy Do‘smatov birinchi davraning eng yaxshi bokschisi deb topildi
Xabaringiz bor, joriy yilning 3-4 mart kunlari Butunjahon boks seriyalari (WSB) musobaqasining birinchi davra bellashuvlari o‘tkazildi.
An’anaga ko‘ra, WSB rasmiy tvitter sahifasida ilk davraning eng yaxshi bokschisini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazdi. Ushbu so‘rovnomadan “Colombia Heroicos” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Yurberjen Martines, “Astana Arlans” a’zosi Ilyas Suleymenov va “Uzbek Tigers” a’zosi Hasanboy Do‘smatov o‘rin olgan.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, hamyurtimiz Hasanboy 55% ovoz to‘plab yana bir marta eng yaxshi bokschi deb e’tirof etildi. Keyingi o‘rindan esa “Colombia Heroicos” jamoasi a’zosi Yurberjen Martines (41%) va “Astana Arlans” a’zosi Ilyas Suleymenov (3%) joy oldi.


Fikrlar