
Xabib Nurmagomedovning ukasi Saudiya Arabistoni bayrog‘i ostida jang qildi
Engil vaznda (-70,3 kg) UFC chempioni Xabib Nurmagomedov ukasi (amakisining o‘g‘li) Usman Nurmagomedov Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o‘tgan “BraveFC 21” turnirida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. Mazkur jangda u yaponiyalik Issey Moriyamni birinchi raundda texnik nokautga uchratdi.
Rossiyalik sportchi -66 kg vazn toifasida ishtirok etadi. Bu to‘qnashuvda u Saudiya Arabistoni bayrog‘i ostida ringga chiqdi. Saudiya bayrog‘i jang boshlangunga qadar burchakda turgan. Boshlovchi g‘olibni e’lon qilgan vaqtda bayroq oktagonga olib kirilgan. Aynan nima sababdan bu sportchi Saudiya bayrog‘i ostida ringga chiqqani noma’lum.
20 yoshli Nurmagomedov uchun bu qarama-qarshilik professional faoliyatidagi 3-si bo‘ldi. Qolgan ikkitasida ham u muddatidan oldin zafar quchgan.
Fikrlar