
Xart kelajagidan tashvishda
"Manchester Siti" o‘ziga mohir darvozabon qidirayotgan bir paytda ushbu klubga tegishli bo‘lgan Angliya terma jamoasi posboni Jo Xart o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda.
"Manchester Siti"ga Xosep Gvardiola kelganidan keyin asosiy darvozabon maqomini yo‘qotgan Jo Xart ijara asosida "Torino"da to‘p surishgat majbur bo‘ldi. 29 yoshli darvozabon mavsum yakunlangach, "Manchester Siti"ga qaytmasligini ma’lum qildi. Xart sobiq jamoasiga borgan taqdirda ham Gvardiola unga asosiy tarkibdan joy bermasligini ishonmoqda.
Shuningdek, Jo Xart "Torino"da ham qolmaydi. Italiya klubi byudjeti qimmatbaho darvozabonning maoshini ko‘tara olmaydi. Darvozabon top klublardan taklif kutmoqda.
Fikrlar