Xavi faoliyatini qachon yakunlashini aytdi
Qatarning "Al-Sadd" klubi yarim himoyachisi Xavi faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda.
“Deyarli 100% shu mavsum tugagach faoliyatimni yakunlayman. Men 39ga kirdim va futbol o‘ynashdan charchadim. Kasbni o‘zgartirish vaqti keldi”, - deydi ispaniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Xavi murabbiylik kurslarini tamomlagan. Unda UEFA Pro litsenziyasi bor. Afsonaviy futbolchi kelajakda faoliyatining 17 yili o‘tgan “Barselona”ni boshqarmoqchi.

Fikrlar